Laynus Karl Poling ismli nihoyatda bir mashhur shaxsni esga olmoqchiman. U 1901-yilda tug’ilgan bo’lib, 1993-yilda vafot etgan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va YuNESKO taklifiga ko’ra, u 1980-yillarning oxirida inson umrini nima sababdan uzaytirish mumkin bo’lmayotganligi masalasi ustida izlanishlar olib borgan yetakchi olimlar komissiyasini boshqargan. Rossiya bo’ylab o’rtacha umr uzunligi 60—70 yoshni tashkil etadi, garchi genetiklar inson tanasi dastlab kamida 120— 150 yilga mo’ljallanganligini isbotlagan bo’lsa ham.
Bugungi kunga kelib, o’rtacha 65 —75 yillik umr ko’rish — normal holat bo’lib qolgan. Turli mamlakatlarda 10 yil davomida qator tadqiqotlar o’tkazildi. Aynan Poling turli kasalliklarning rivojlanish sabablari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan asoslab, isbotlay oldi. Qolaversa, u qisqa vaqt ichida odamlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berdi. Olim ortomolekulyar tibbiyot kabi yo’nalishga asos solgan. AQShda Poling nomidagi Ortomolekulyar tibbiyot universiteti olimlari turli vitamin-minerallar kompleksi (VMK) tarkibini ishlab chiqib, ulardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar bergan. Amerikada har kuni aholining 80 foizidan ortig’i VMK qabul qiladi. Yaponiyada esa aholining — 93 — 98 foizi. Yevropada bu ko’rsatkichlar farqlanadi, lekin o’rtacha hisobda bu ko’rsatkich 72% atrofida. Rossiyada insonlarning faqat — 30 — 38 foizi biologik qo’shimchalarini qabul qiladi.
VMK va biologik qo’shimchalar juda kichik dozalarga ega bo’lgani uchun tez ta’sir ko’rsatmasligini tushunish kerak. Biz esa shoshilinch yordamga, “hozir va shu yerda” bo’ladigan natijaga o’rganib qolganmiz. Dorini ichding-u — tishingni og’rig’i qoldi. Bir joyda shish paydo bo’ldimi — diuretik tabletkani ichdim-u ishish qaytdi. Dori-darmonlarning ta’siri tez keladi-yu, tez ketadi. Dorining ta’siri tugashi bilan — muammo qaytib keladi. VMKlar esa ularning iste’moli boshlanganidan ikki-uch hafta so’ngra natijasini ko’rsata boshlaydi, zero metabolik terapiyaning mohiyati ham shunda — inson metabolizmini tiklashda yordam ko’rsatish. Avvallari - hamma kasalliklar asabdan va faqat bitta kasallik — venerik kasalligi — zavqdan bo’ladi, deyilardi. Ko’pchilik hali ham shunday fikrda. Darhaqiqat, barcha kasalliklarning manbalari — turli xil sog’liq muammolarini qo’zg’atadigan metabolik kasalliklarning xilma-xil turlaridir.
Inson o’z sog’lig’ini saqlab, uni qo’llab turishni xohlasa, u u yoki bu kasallik bezovta qilib, avj olganida emas va balki muntazam ravishda bilogik faol qo’shimchalarni qabul qilib borishi kerak bo’ladi. Bu dori emas — ularni qabul qilishda tanaffus olishga hojat yo’q.
Har kuni tanamizga 600 dan 700 tagacha turli hayotiy muhim moddalar, ya’ni organizmda sintezlanmagan, va lekin oziq-ovqat bilan birga tanamizga kirishi kerak bo’lgan moddalarga ehtiyoj mavjud. Agar bunga rioya qilinsa, u holda hammasi yaxshi bo’ladi va biz 120 — 150 yoshgacha yashay olamiz. Biroq muammo shundaki, biz kundalik ratsiondan zarur bo’lgan 600 — 700 modda o’rniga 200 — 230 tanigina olyapmiz xolos. Agar 35 yoshgacha tana ba’zi zaxiralar bilan ishlashga harakat qilsa, keyingi yillarda bu zaxiralar tezda tugay boshlaydi. 35 yoshdan oshganda esa birorta sog’lom odam qolmaydi, Rossiyada esa bu ko’rsatkich yana ham past — 25 yosh. Bizning tibbiy sug’urtalash tizimimiz ham 25 yoshdan boshlab moliyaviy mablag’larni rejalashtiradi, go’yo 25 yoshli odamda kamida bitta surunkali kasallik mavjud bo’lgandek. Buni oldindan bilib, o’ylab, shunga ko’ra chora ko’rish talab etiladi…
Eksklyuziv yapon mahsulotlarini endilikda O’zbekistonda xarid qilishingiz mumkin!