Uz
Savollar bo'yicha raqamga yozing +7 (707) 288-28-28
28/11/2024

BEVERLee Faol Marjon Kalsiysining afzalliklari

Ma’ruzachi: Boyedilova Narkul Samjanovna Shifokor – oliy toifali neonatolog, 30 yildan ortiq ish tajribaga ega, JSST dasturi « Ona va bolalarni himoya qilishni qo’llab-quvvatlash murabbiysi », BEVERLee Club kompaniyasi yetakchilari Kumush jamoasi vakili

«Ovqatingiz sizning darmoningiz, darmoningiz esa ovqatingizda bo’lishi kerak» — Gippokrat

Gippokratning miloddan avvalgi 400 yil ilgari aytilgan bu mashhur iborasi bugungi davrimizda ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Tibbiyot so’nggi yillardagina e’tibor bera boshlagan muammoga biz ham bugun diqqatimizni qaratsak. Nima uchun tanamiz minerallarga muhtoj? Tanadagi barcha jarayonlar - barmoqning oddiy harakatlanishidan tortib, aqlning namoyon bo’lishi, onadan bolaga ma’lumotni vertikal ravishda yetkazish, naslni davom ettirish va boshqalar - bularning barchasi fermentativ jarayonlardir. Bunda maxsus oqsillar zarur bo’ladi, bular fermentlar deb ataladigan organizmdagi barcha biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish xususiyatiga ega oqsillardir. Bu fermentlarning muhim oqsil bo’lmagan qismi vitaminlar va minerallardan (makro- va mikroelementlar) iborat. Vitaminlarning roli hammaga ma’lum, hatto shifokorlar ham buni tan olishadi. Lekin minerallar…

Irsiy axborotni uzatishning barcha mexanizmlarida, ya’ni har bir hujayra, har bir to’qima, har bir organ va butun organizmning qayta tiklanishida vitaminlar ham, minerallar ham bir xil rol o’ynaydi.

“Profilaktik tibbiyot kasalliklarni oldini olishda asosiy vositaga aylanishi kerak”. Kasalliklarning oldi olinishi, birinchi navbatda, insonning ozuqaviy moddalar: oqsillar, uglevodlar, yog’lar va yog’ kislotalari, mineral elementlar va vitaminlarga bo’lgan asosiy va o’zgaruvchan fiziologik ehtiyojlarini qondirish orqali ta’minlanishi kerak. Minerallarning ahamiyati va ularni iste’mol qilish tartibi (har kuni, har kuni emas) haqida gapirganimizda, yil fasli va boshqa omillardan qat’iy nazar, minerallarni har kuni iste’mol qilish kerakligi mutlaqo aniq bo’lgan haqiqatdir. Tanaga kerak bo’lgan hamma narsani o’z ichiga olgan yagona mahsulot mavjud emas. Biror bir o’simlikda, deylik, sink, kalsiy yoki temir bor, deyishsa, bu to’g’ri gap bo’lmaydi. O’simlik o’stirilgan tuproqda mineral bo’lgan taqdirdagina, unda sink, kalsiy, temir yoki boshqa mineral bo’lishi mumkin, deb aytish to’g’riroq bo’ladi. Agar tuproqda mineral bo’lmasa, uning o’simlikda joy topishining imkoni yo’q. Zamonaviy insonning sivilizatsiya rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va hayotning urbanizatsiyasi bilan yangi tabiiy oziq-ovqatlarni kamroq iste’mol qilishini hamda vitaminlar va mikroelementlari kamaygan, tozalangan mahsulotlarning yuqori ulushi bo’lgan tobora bir xil shaklda oziqlanayotganligini kuzatsa bo’ladi. Oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha mavjud texnologiyalari oziq-ovqat mahsulotlarida ushbu qimmatli moddalarni saqlashga yordam bermaydi. Sabzavot va mevalarni yetishtirishning zamonaviy usullari vitaminlar, mikroelementlar va boshqa faol birikmalar tarkibining kamayishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, yuqori ekologik yuklanish, psixo-emotsional kuchlanishlar va keng tarqalgan surunkali patologiya sharoitida tananing hayotiy mikroelementlarga bo’lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshadi. Zamonaviy oziq-ovqat inson tanasining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan ozuqa moddalariga bo’lgan barcha ehtiyojlarning atigi 5-6 foizini qondiradi.

Xo’sh, bunday sharoitlarda salomatlik qayerdan olinsin? Chiqish yo’li bormi? « Tabib davolaydi, tabiat shifo bahsh etadi», degan Gippokrat. Shunday qilib, bizning “Beverleeclub” kompaniyamiz 100% tabiiy, yuqori sifatli va yuqori samarali mahsulotni taklif etadi— FAOL MARJON KALSIYSI. U Okinava dengizlaridan yetkazib beriluvchi toshga aylangan marjonlardan ishlab chiqariladi. Kalsiy qo’shimchalarining assortimenti juda keng bo’lib, ular ta’siriga ko’ra bir-biridan nihoyatda farq qiladi va bu kalsiyning muayyan bir biologik qo’shimchada mavjud bo’lgan shakliga bog’liq bo’ladi. Kalsiyning beshta asosiy shakli mavjud: karbonat, sitrat, gidroksiapatit, aminokislotalar va organik kalsiy komplekslari bilan birikmalar.

Men e’tiboringizni quyidagi bir omilga qaratmoqchiman, bizdagi kalsiy - 30-40 foizga so’riladigan sof shakldagi kalsiy karbonati emas, bizdagi mineral -kalsiyning organik birikmasi bo’lib, u beshinchi guruhga mansub. Ushbu toifadagi biologik qo’shimchalar kalsiyning eng samarali so’rilishi uchun zarur bo’lgan barcha ozuqaviy moddalarning to’liq spektrini o’z ichiga olgan murakkab preparatlardan tarkib topgan. Bunday preparatlardagi kalsiyning o’zi tabiiy shaklda bo’ladi. Shuning uchun bizning kalsiyimiz bugungi kunda bozordagi eng ilg’or mahsulot bo’lib, u tanada 97%ga so’riladi. Faol marjon kalsiyimiz o’zlashtirilishining asosiy afzalliklarini ko’rib chiqsak. Tanamizdagi kalsiy doimiy aylanma harakatlanishida bo’ladi. Bir tomondan, u oziq-ovqatdan kelib tushsa, boshqa tomondan — chiqindi mahsulotlar bilan doimiy ravishda tanamizdan chiqarib yuboriladi. Odatda, bu tabiiy jarayonlarning ikkalasi ham muvozanatda bo’ladi; bunda, katta yoshli odamda kuniga 700-800 mg gacha kalsiy suyaklardan yuvib chiqarilsa, huddi shu miqdorda u qonda to’planishi kerak bo’ladi. Kalsiy tanqisligi organizm toʻqimalariga kalsiy (soʻrilishi mumkin boʻlgan qismi) chiqarilgandan koʻra kamroq kelib tushganida yuzaga keladi. Kalsiyning organizm tomonidan so’rilishi jarayoni murakkab bo’lib, u ko’plab yondosh omillarga bog’liq bo’ladi.

Men eng muhimlarini sanab o’taman va bu omillarning “Beverleeclub” kompaniyasi tomonidan kalsiyning boshqa turlari bilan so’rilishi samaradorligiga ta’sirini solishtiraman:

1. Oshqozon shirasining optimal kislota darajasi. Past kislotalilik bu elementning so’rilishini oldini oladi.

2. Oziq-ovqatlar bilan yetishtiriladigan yog’ bilan muvozanat. Yog’ va kalsiyning optimal nisbati = 100:1. Ratsionda ortiqcha yog’ bo’lsa, o’t kislotalari yetishmovchiligi kuzatiladi va kalsiyning katta qismi najas bilan chiqarib yuboriladi.

3. Magniy (Mg) bilan muvozanat. Optimal nisbat Ca:Mg = 2:1. Magniy tanqisligi holatida organizmdan kalsiy shiddat bilan chiqarila boshlaydi.

4. Fosfor bilan muvozanat (P). Optimal nisbat Ca:P = 2:3 (bolalar uchun nisbat 1:1). Oziq-ovqat tarkibidagi fosforning ortib ketishi kalsiy so’rilishi pasayishiga va uning organizmdan chiqarilishining oshishiga olib keladi.

5. D vitamini. Ushbu vitamin yetishmovchiligi holatida, kalsiy ichaklardan normal shaklda so’rilmaydi. Kalsiyni suyaklarga yo’naltiradi va u yerda ushlab turadi, normal suyak zichligini saqlab turadi.

6. K vitamini kalsiy almashinuvida muhim rol o’ynaydi.

7. Oqsil omili. Kalsiyning so’rilishiga oziq-ovqat oqsillari, shuningdek, limon kislotasi va laktoza yordam beradi.

8. Stress omili. Odam qanchalik tez-tez stress holatida bo’lsa, u shunchalik ko’p kalsiy yo’qotadi va buyraklariga qo’shimcha «zarba» oladi.

9. Jismoniy faollik. O’rtacha jismoniy faollik kalsiyning suyak to’qimalarida yanada yaxshi to’planib borishiga turtki bo’ladi.

10. C, B6, B12 vitaminlari. Ular ham kalsiyning to’g’ri so’rilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

1 dan 8 gacha bo’lgan barcha omillar faol marjon kalsiysining so’rilishiga deyarli ta’sir qilmaydi, chunki ularning barchasi kalsiyning oshqozon-ichak trakti orqali o’tishi va kalsiyning ingichka ichakdan so’rilishi bilan bog’liq. Bozorda yagona bo’lgan bizning kalsiyimiz esa keng qon aylanishini ta’minlab beruvchi - og’iz shilliq qavatidan so’rilishni boshlaydi. Tupurik ko’p miqdorda ajratilganda, reaksiya yengil ishqoriy (pH 5,8—7,8) bo’ladi, shuning uchun u preparatning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’sir qilmaydi. Bundan tashqari, og’izdan so’rilgan moddalar oshqozon-ichak ovqat hazm qilish sharbatlari ta’siriga duchor bo’lmaydi hamda oshqozon va ichakdan so’rilganida bo’lgani kabi, to’g’ridan-to’g’ri jigarga kirmaydi. Og’iz orqali so’rilishi molekula modifikatsiyasining boshlanishini kechiktiradi va preparatning faolligini uzaytirishi mumkin. Uchinchi afzallik shundaki, mahsulot tarkibida kalsiyning yaxshiroq so’rilishiga yordam beradigan moddalar mavjud: kazein fosfopeptid, magniy, D3 vitamini, limon kislotasi, laktoza. Shu bilan birga, bizning ikkinchi mahsulotimiz - Koenzim QH ni qabul qilish, laktobakteriyalar mavjudligi sababli ichaklarda K2 vitamini hosil bo’lishiga olib keladi. Shuningdek, organizm tomonidan B guruhi va C vitaminlari iste’mol etilishini tejaydi. Shunday qilib, boshqa barcha turdagi kalsiyning so’rilishiga ta’sir qiluvchi omillar bizning faol marjon kalsiyimizning so’rilishiga deyarli ta’sir qilmaydi.

Yana Gippokratga qaytsak. U kasallikning sababini topishga harakat qilayotgan davrlarda, Kos maktabiga mansub edi. Gippokratning davolash usuli tananing kasallik bilan o’zi kurashadigan rejimni yaratishdan iborat edi. BEVERLEE kompaniyasi mahsulotlaridan har kuni profilaktik foydalanish tanamizning tiklanishi uchun eng maqbul sharoitlarni yaratadi: kremniy dioksidi hujayralarimizni toksinlardan tozalaydi, qolgan 60 ta mineral uni oziqlantiradi, hujayra yangilanishida ishtirok etadi, koenzim energiya beradi, kislorod qo’llanilishini tartibga soladi va shu bilan qarishni sekinlashtiradi. Uning ta’siri ostida fermentlarning ta’siri kuchayadi. Bu ajoyib antioksidant va immunomodulyatordir. U qonni suyuqlashtirib, qon tomirlarini tozalashga yordam beradi… Shu bilan birga, bizning minerallarimiz har qanday yoshdagi bolalar tomonidan iste’mol qilinishi mumkin va hatto zarurligi haqida ba’zi dalillarni keltirmoqchiman, zero bu bilan bog’liq ko’plab savollar olyapmiz. Asoslangan xalq tabobati asosidagi JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) tavsiyalarini keltiraman. Ya’ni, bu borada eng yuqori darajadagi tadqiqotlar olib borilgan. JSSTning preeklampsiya va eklampsiyani oldini olish va davolash bo’yicha tavsiyalari..(Bular homiladorlik davridagi gipertenziv kasalliklar bo’lib, ular onalar va chaqaloqlarda og’ir kasalliklarga, uzoq muddatli nogironlik va halok bo’lishiga olib keladi.) Kalsiyning oziq-ovqat bilan iste’mol miqdori past bo’lgan hududlarda yashovchi barcha ayollarga, homiladorligi davomida preeklampsiyani oldini olish uchun kalsiy qo’shimchalarini (kalsiy karbonati) qabul qilish tavsiya etiladi; homiladorlikning 12 haftasidan 36 haftasigacha bo’lgan davrda elementar kalsiyning kunlik dozasi 1,5—2,0 gni tashkil etishi kerak. Bugungi kunda onaning o’z suti yoki donor suti bilan oziqlanadigan kam vaznli chaqaloqlar uchun quyidagi dozalash tavsiya etiladi: kunlik og’iz orqali oziq-ovqat qo’shimchalarini yuborish: • 6 oylikkacha bo’lgan go’daklar uchun D vitaminli qo’shimchalar kuniga (400 – 1000 у.е.) dozada. • kalsiy har kuni berilishi kerak (kuniga 120 –140 mg/kg) • hayotning birinchi oylarida tarkibida fosfor bo’lgan biologik faol qo’shimchalari (kuniga 60–90 mg/kg). • tarkibida temir bo’lgan ozuqaviy qo’shimchalar (kuniga 2–4 mg/kg) 2 haftalikdan 6 oylikgacha bo’lgan yoshda berilishi kerak. Albatta, farzandlarimiz uchun eng yaxshisini xohlaymiz va men sizga faol marjon kalsiysi asosidagi “Beverleeclub” kompaniyasi minerallari bugungi kunda eng yaxshisi ekanligini isbotladim. Bu ko’p funksiyali mahsulot (o’zida 60 ta mineralni jamlagan) bo’lib, u foydalanish uchun qulay, xavfsiz va nihoyatda samaralidir.

Xulosa qilib aytganda, Gippokratning yana bir iborasini keltirib o’tmoqchiman. “Davolanish— bu vaqt masalasi, lekin ba’zida bu imkoniyat masalasi hamdir». Mahsulotimizdan doimiy ravishda foydalanib, sog’-salomat bo’lib yurishingizni tilakdoshiman! Mahsulotimizni boshqalarga tavsiya qilish orqali siz sog’lom bo’libgina qolmay, badavlat ham bo’lasiz - orzu va maqsadlaringizni amalga oshirish imkoniyati, yagona bo’lgan hayotingizni tubdan o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lasiz!

Klinik sinovlar