Uz
Savollar bo'yicha raqamga yozing +7 (707) 288-28-28
26/03/2019

“Magic Pack”ni (vitaminlar kompleksi) qo’llash tajribasi

Ma’ruzachi: Sariyev E.K.

Umumiy amaliyot shifokori sifatida, men o’z amaliyotimda kasallikning xilma-xil turlariga duch kelaman. Men, xususan “Magic pack” mahsulotidan ba’zi og’ir klinik vaziyatlarda qo’llash bo’yicha tajribam bilan o’rtoqlashmoqchiman.

1-holat:

42 yoshli bemor bir necha yildan beri og’ir autoimmun kasallikdan aziyat chekib kelmoqda — Pemfigus (oddiy tilda — po’rsildoq yara).

Bu kasallik immun tizimi autoantitanachalarning epidermis hujayralari orasidagi bo’shliqlarda » yelim » bo’lib xizmat qiluvchi oqsillarga agressiyasi bilan ifodalanadi. Natijada, teri himoya funksiyalarining pasayishi hamda virus-bakterial ta’sirlar fonida yiringli-septik asoratlarning shakllanishi bilan terining tizimli ravishda shikastlanishi ro’y beradi. Ushbu patologiyada o’lim holatlari ko’rsatkichi nihoyatda yuqori bo’ladi.

Bemor immunoglobulinlar, tizimli glyukokortikoidlar va immunosupressorlar ishtirokida standart davolanish olgan. Bemorda xavfli gipertenziya, og’ir steatogepatit, yuz, bosh terisi va tanasida yiringli-yallig’lanishli teri komponentlari kabi asoratlar mavjud bo’lgan. Autoimmun jarayonning yuqori darajasini inobatga olgan holda, mahsulot dozasi profilaktik tartibda (nonushtadan oldin va kechasi kalsiy bilan 1 ta tabletkadan hamda nonushtadan keyin 1 ta kapsula Koenzim QH), bir oydan so’ng esa terapevtik dozaga o’tish bilan buyurildi.

Bugungi kunga kelib, 3 oy davomida “Magic pack” mahsulotini qo’llash natijasida quyidagi natijalarga erishdik:

1. Mahsulotdan foydalanish boshidan 1 oy o’tgach, Immunoglobulin qabuli to’xtatildi.

2. Davolashning 2-oyidan boshlab, glyukokortikoid dozasini (kuniga 40 mg prednizolon) asta-sekin kamaytirdik, bugungi kunda qabul butunlay to’xtatildi.

3. Gipotenziv dorilarni to’liq to’xtatish bilan bir qatorda kunlik arterial bosim stabillashtirildi.

4. Yog’ almashinuvi ko’rsatkichlari va jigar funksiyasi ko’rsatkichlarini normallashtirishga erishdik, BMI normal qiymatlarga tushirildi.

5. Davlat organlarida yuqori lavozimni egallagan bemorning yuqori psixo-emotsional yukini hisobga olgan holda, uning fikrlash tarzini va umuman hayot tarzini sifat jihatidan yaxshilashga erishdik!

Ushbu bemor bilan vazifamiz agressiv immunosupressor terapiyani butunlay bekor qilish va Pemfigus (po’rsildoq yara) kabi og’ir autoimmun kasallikka qarshi universal tabiiy vosita sifatida “Magic Pack” mahsulotining qo’llab-quvvatlovchi dozasini aniqlashdan iboratdir)!

2-holat:

Insulinga bog’liq, 2-tur qandli diabetiga chalingan, dekompensatsiyaning o’gir darajasiga ega, surunkali yurak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, xavfli arterial gipertenziya, og’ir shish sindromi, siydik tizimining doimiy yallig’lanish jarayonini boshdan kechirayotgan 50 yoshli bemor. Bemor so’nggi chora sifatida davolanishga murojaat qildi, chunki u an’anaviy terapiyadan butunlay umidini uzgan edi. Viloyat sharoitida endokrinologiya dispanseri va viloyat klinik shifoxonasida statsionar davolangan — minimal ta’sir bilan, shish sindromi kuchayishi bilan vaziyati yomonlashib borgan.

”Magic pack” mahsulotining terapevtik dozasini insulin terapiyasi va gipotenziv terapiya bilan birgalikda buyurganimizdan so’ng biz quyidagi natijalarga erishdik:

1. Shish sindromi sezilarli darajada kamaydi.

2. Gemodinamika barqarorlashdi.

3. Glikemiyaning kunlik tebranishlari o’rtacha 8 mkmol/ml ga tushdi.

4. Siydik chiqarish tizimining yallig’lanish holatlari bartaraf etildi.

5. Azot almashinuvi ko’rsatkichlari normal holatga qaytdi.

6. Va nihoyat, bemorning umumiy hayot sifati yaxshilandi! Bugun biz “Magic pack” mahsulotining terapevtik dozasi bilan birga insulin terapiyasini qo’llab turuvchi dozalarda olib bormoqdamiz.

3-holat:

32 yoshli bemorda jag’ tishi olib tashlanganidan keyin sekvestratsiya (oqma hosil bo’lishi) va pastki jag’ning chap tomonida surunkali osteomiyelit avj olgan. Taxminan 3 oy davomida doimiy antibiotiklarni qabul qilib yurgan holda, bemor jag’ini (oqma borligi sababli) bint bilan bog’lab yuradi.

Anamnez o’rganib chiqilganidan so’ng, quyidagilar buyurildi:

-“Magic pack” mahsulotining terapevtik dozalari;

-1 oygacha sinbiotik;

- aminokislotalarga ega polivitaminlar.

Davolashning 7-kuni oqma yo’llarining asta-sekin shifo topishi bilan drenajlangan oqmadan ko’p miqdorda yiringli massalar ajralib chiqdi. Ishtaha ochildi, badandagi umumiy zaiflik yo’qoldi, bemor bu terapiyani qo’llashni boshlaganidan so’ng 2 oy ichida vazni ortgan. Terapevtik dozada mahsulot bilan davolash kursini 6 oygacha davom ettirish rejalashtirilgan. Davolashning birinchi yili tugaguniga qadar profilaktik dozaga o’tish rejalashtirilgan.

Ma’ruzamni yakunlab, men hamkasblardan barcha patologiyalarni davolash uchun universal bo’lgan vosita - “Magic pack” mahsulotining mo’jizaviy ta’siriga ishonishlarini chin dildan so’rab qolaman! E’tiboringiz uchun rahmat!

Klinik sinovlar