
Li Nikolay
«BEVERLee» Prezidenti va asoschisi
Yaponiya… Gʻaroyib va sirli mamlakat… “Kunchiqar mamlakat”! Men har doim u yerga borishni istardim! Va bu yuz berganida men unga maftun boʻlib qoldim! Lekin Yaponiyaga sayohat uzoq va qimmat. Yaponiya mahsulotlarining ajoyib sifatini har bir kishiga qanday qilib yetkazish,uning oilasiga salomatlik va moliyaviy barqarorlik bahsh etish mumkin?
Bu mening katta orzuim, mening ichimni yondiradigan istagimga aylandi.Va izlanishlar boshlandi… Qandaydir oʻziga xos narsani izlash… Shu tariqa mening hayotimda BEVERLee kompaniyasi va uning sherigi Shiseido Pharmaceuticals paydo boʻldi.
BEVERLee kompaniyasiga 2016-yil 25-dekabrda asos solindi.
Bugungi kunda BEVERLee — bu:
Salom, mening yangi do’stim, Tarmoqli Dunyoning Bo’lajak Yetakchisi!
Men 25 yildan ko’proq vaqt mobaynida tarmoqli marketing sohasida ishlab kelmoqdaman va shuning uchun men yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlashga qaror qilgan distribyutorlarni, faoliyatini yangi boshlayotganlarni ham, shuningdek, tajribali yetakchilarni ham yaxshi tushunaman.
Bundan ancha oldin, 1995-yilda men o’sha paytdagi oz sonli tarmoq kompaniyalaridan biri bilan shartnoma imzoladim va e’tirof qilinish va muvaffaqiyat sari maroqli, ba’zida jozibali bo’lgan yo’lni boshladim. Men qat’iy marketing rejasi va xuddi shunday qat’iy biznes faoliyatiga ega bo’lgan birinchi kompaniyamdan, menga haqiqatdan ham ishlashni, hatto ba’zida «qilolmayman” deb o’ylaganda ham ishtiyoq bilan, jasorat bilan ishlashni o’rgatgani uchun minnatdorman. Men 12 yildan ortiq hamkorlik qilib, shu yerda martabamning eng yuqori darajasiga ko’tarilganim ikkinchi kompaniyadan cheksiz minnatdorman. Shuning uchun ham, men bu biznesni deyarli g’ishtiga qadar o’rgandim deb ayta olaman. Menga biznes yuritishning o’zgacha strategiyasini o’rgatgan uchinchi kompaniyaga ham, boshqa tajribali tarmoq egalarining dunyoqarashlari tomon eshiklarni keng ochib bergani va eng muhimi — yanada zamonaviy marketing rejasi ustida ishlash bo’yicha amaliy ta’lim bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. MLM ni sevadigan, distribyutorlik va mijozlar tarmog’ini yaratishni biladigan va yaxshi ko’radigan, yangi distribyutorlarni bu ishga juda yaxshi o’rgatadigan ko’plab odamlar bor. O’zimga ham bunday jonli va minnatdorchilikka boy ish juda yoqadi. Ammo bir muncha vaqtdan beri menga biznesni tashkil etish, ya’ni hamkasblarimga, tarmoq yetakchilariga ular xohlagan narsalarini berish maroqliroq ekanini anglab yetdim! Va biz «BEVERLee» kompaniyasini yaratdik. Bizning maqsadimiz — haqiqiy yetakchilarning ko’proq bo’lishi. Va men buning uchun nima kerakligini bilaman. Va buni Sizga berishga harakat qilaman!
Barchamiz chin qalbdan Muvaffaqiyatga erishishni orzu qilamiz.
Kimdir kichik, kimdir katta muvaffaqiyatlar haqida orzu qilsa, kimnidir faqat olamshumul muvaffaqiyatlar qoniqtiradi. Ammo yolg’iz tarzda muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi, faqat jamoa bo’lib g’alaba qozoniladi.
G’oliblar jamoasi – bu umumiy maqsadlariga va o’zlarining yo’lboshchilariga sodiq odamlardir. Ular qatoriga qo’shilish uchun faqat ikkita narsa kerak: kerakli vaqtda kerakli joyda bo’lish va eng muhimi, haqiqiy professional bo’lish. Professionallik esa, avvalambor, ko’p yillik tajribadir.
Men barchamizga katta quvonch bilan tezkor muvaffaqiyatga erishishimizdagi uzoq yo’limizda «BEVERLee»da bizni kutib turgan qiziqarli va samarali biznes, yorqin g’alabalar va turli xil yoqimli lahzalarni tilab qolaman!
Yo’lni olg’a qadam bosgan inson bosib o’ta oladi!
Hurmatli hamkorlar!
Yaponiya ko’p yillar davomida o’z mahsulotlarining sifatini butun dunyoga isbotlab kelgan.
Va men sizlarga tanish va notanish, ammo shifobaxsh, go’zallik va uzoq umrning eng yaxshi mahsulotlarini taqdim etishdan mamnunman! Men sizga, sizning shijoatingizga ishonaman! Men Prezidentimizga va uning jamoasiga ishonaman! Eng muhimi, sizning mahsulotlarimiz sifatiga va uning MDH mamlakatlarida zarurligiga to’liq ishonishingizni istayman.
Muvaffaqiyatning eng yuqori cho’qqisida uchrashguncha!
Do’stlar! Sizlarga ushbu go’zal so’z bilan murojaat qilishimga ijozat bergaysiz. Chunki bizning biznesimiz asosi do’stlik tamoyillariga quriladi. Agar Siz ushbu murojaatni o’qiyotgan bo’lsangiz, unda nimanidir o’zgartirish vaqti kelibdi!
Tarmoq sanoatida o’tkazgan yillarimda menda qulashlar ham, o’sishlar ham bo’ldi. Va endi meni hech narsa ajablantira olmaydigandek edi. Men «BEVERLee» kompaniyasining dasturi bilan tanishmagunimga qadar shunday o’ylar edim. Va o’sha daqiqadan boshlab men tinchim va uyqumni yo’qotdim. Do’stlar, barcha dohiyona narsalar haqiqatda juda oddiy. Va men kompaniyamizning otasi-asoschisiga bu oddiylikni hayotga tatbiq etgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Va u biz olamshumul cho’qqilarni zabt etishimiz uchun yordam beruvchi vositani taqdim etdi.
«Xudoning bizning qo’limizdan boshqa qo’llari yo’q» va biz ushbu noyob vositani Sizning qo’lingizga topshiramiz, Sizga o’z qo’llab-quvvatlashimiz va do’stligimizni taklif etamiz. Keling, umumiy muvaffaqiyatimizni birgalikda orzu qilaylik, unga erishaylik va bundan shodlanaylik.
Hurmatli hamkorlar!
Bugun mening tashkilotimda, allaqachon, yetakchilar, do’stlar va oddiy mijozlar kam emas! Biz juda omadlimiz — biz baxtli yulduz ostida tug’ilganmiz! Biz «BEVERLee» kompaniyasidamiz!
Men kompaniyaning buyuk kelajagini ko’ryapman, maqsadlarimni yaqqol bilaman va sizning maqsadlaringiz menikiga mos kelishini istayman.
Bizning jamoamiz juda ajoyib! Maqsadi sari intiluvchan, o’ziga ishongan va qayerga ketayotganlarini va nimaga erishishini biladiganlar jamoasi! Sizga omad tilayman, eng muhimi, men bilan birga Muvaffaqiyatning eng yuqori pog’onasiga ko’tarilish uchun kuch va sabr-toqatingiz yetishini tilayman!
Bo’lish, amalga oshirish, ega bo’lish!
Do’stlar!
Umid qilamanki, siz yanada baxtliroq, muvaffaqiyatliroq va omadliroq bo’lishni rejalashtirgan odamlar sirasiga kirasiz, aks holda Siz ushbu satrlarni o’qimayotgan bo’lar edingiz.
Siz bu yerda uzoq vaqt davomida qidirgan narsalaringizni topishingizga aminman.
2 yil oldin «Beverlee Club» haqida ilk bor eshitgan edim va bugun men kundan-kunga o’sib borayotgan kompaniyaning bir qismi ekanligimdan xursandman. «BEVERLee Club» — bu munosib kompaniya — ta’riflashga til ojiz. U noyob va buni tushunish uchun siz bu yerda bo’lishingiz kerak!
Sizni Beverlining ajoyib dunyosiga taklif qilaman va maqsadlaringizga erishganingizda va orzularingiz amalga oshganda ajoyib tuyg’ularni tuyishingizni tilayman.
Aziz do’stlar, jamoamizga xush kelibsiz!
Garchi ilgari men oddiy aloqa muhandisi sifatida ishlagan bo’lsam ham, mening tarmoqli marketingdagi tarixim bundan 15 yil oldin, qiziqarli mahsulotlarga ega bo’lgan xorijiy kompaniyada boshlangan.
O’shandan buyon bu biznes mening faoliyatimning asosiy turi bo’lib qoldi.
Moliyaviy natija darhol aks etmadi, lekin men bir kun kelib muvaffaqiyat qozonishimga ishonardim.
Ilk yillarda men o’qidim, tarmoqli biznes bo’yicha ko’plab kitoblar sotib oldim, o’zim uchun yangi kasbni o’zlashtirdim, yanada muvaffaqiyatli sheriklarimning barcha seminar va treninglarida ishtirok etdim.
Garchi buning uchun Qozog’iston tashqarisiga sayohat qilishim kerak bo’lsa ham, men hech qachon biron bir tadbirni o’tkazib yubormaganman.
Mening o’qituvchilarim yaxshi edi va men doimo o’qib o’rganardim.
Men agar oldinda borayotganlardan kimdir muvaffaqiyatga erishsa, boshqalar ham buni takrorlay olishiga ishonardim!
Va men boshqalarning yutuqlaridan chin dildan xursand bo’lardim.
Tarmoqli marketing tufayli mening hayotim butunlay o’zgarib ketdi, u mazmunliroq, zavqliroq bo’la boshladi.
Men oilam bilan dunyo bo’ylab turli mamlakatlarga sayohat qilishga muvaffaq bo’ldim.
Bugungi kunda barchaga o’z hayotini tubdan o’zgartirish, kompaniyamizdan foydalanib, o’zlarining ulkan maqsadlarini amalga oshirish uchun noyob imtiyoz va imkoniyat taqdim etilmoqda. Shunday qilib, hurmatli va muvaffaqiyatli ayol Florida Ligay tufayli 5-may kuni men ushbu ajoyib ma’lumot va ajoyib kompaniya bilan tanishdim. Va bir lahzada, bu aynan men kutgan imkoniyat ekanligini tushunib yetdim.
Va nihoyat muvaffaqiyat qozonish uchun barcha unsurlar mavjud bo’lgan kompaniyani topganimdan xursandman, chunki bu bizning bozordagi eng yaxshi biznes taklif!
Bizning eksklyuziv mahsulotlarimiz eng yuqori sifatli, rahbariyatimizda esa jiddiy barqaror daromad va uzoqqa yetaklovchi rejalari mavjud.
Maqsadlari yuksak, yangi imkoniyatlarni qidirayotgan, ko’plab do’stlar topishni, birgalikda sayohat qilishni istagan barchani – jamoamizga taklif qilamiz!
Men kichik bir qishloqda, o’qituvchilar oilasida tug’ilganman! Bolaligimdan filmlarda yoki kitoblarda hashamatli uylar va avtomobillarni, go’zal va badavlat ayollarni, baxtli va farovon hayotni ko’rib, men ham shunday yashashni orzu qilardim!! Ammo har doim shunday lahzalarda bunday hayot men uchun emas, balki faqat tanlanganlar uchun deb o’ylardim! Yillar davomida bu orzular, odatiy turmush tarzi ortida unutilib ketdi!
Tarmoqli biznesga bo’lgan munosabatim juda ko’p odamlarning fikriga o’xshash edi! Men o’zimni bu biznes odami deb bilmadim! Avvaliga, bu bilan shug’ullanish haqidagi taklifni qat’iyan rad etdim!
Ammo o’shanda men uchun qiyin vaqtlar edi va men bu o’zimni bu ishda sinab ko’rishga qaror qildim! Biznesga jiddiyroq yondasha boshladim! BEVERLee da men to’satdan yaqindagina amalga oshmaydigan bo’lib tuyulgan bolaligimdagi orzularimni eslay boshladim!
Uddalay boshladim! Mening orzularim amalga osha boshladi!! Sayohatlar, chiroyli avtomobillar, hashamatli uy mening haqiqatimga aylandi! Men yaqinlarimga yordam berishni boshladim!
Men sevgan va meni sevadigan odamlar doirasi kengaydi! Mening fikrlashim, dunyoqarashim o’zgardi!! Men boshqa odamga aylandim! Buning uchun Yaratgandan va Ustozlarimdan minnatdorman!!
Do’stlar! Mening BEVERLee kompaniyamda imkoniyatlarning chegarasi yo’q, bu yerda Orzular ro’yobga chiqadi!!!