Kalsiyning suyaklar uchun nima sababdan bu qadar muhim ekanligini aniqlash uchun keling, skeletimiz qanday tuzilganligiga bir nazar tashlaylik. Suyak moddasining asosiy massasi (taxminan 70%) turli minerallarning tuzlaridan iborat bo’lib, ular orasida kalsiy yetakchi o’rin egallaydi. Aynan uning ta’sirida bizning skelet tizimimiz shunday yuqori zichlik va bardoshli kuchga ega bo’ladi-ki, bu uni butun tana uchun chinakam ishonchli tayanchga aylantiradi. Fosfor ham bu jarayonda bir xil darajada muhim rol o’ynaydi va bosh suyak mineralining asosiy suyakni shakllantiruvchi shaklini – kalsiy fosfatni olishiga yordam beradi.
Qolgani organik birikmalardir. Va bunda shubhasiz, yetakchi o’rinni kollagen egallaydi. Majoziy qilib aytganda, agar kalsiy suyaklar uchun – o’ziga xos beton bo’lib xizmat qilsa, yuqorida aytib o’tilgan oqsil – bu uning mustahkamlovchi asosidir. Yupqa va shu bilan birga, nihoyat darajada mahkam karkasni shakllantirish orqali kollagen suyakni yanada monolit holga keltirib, unga katta yuklarga bardosh berishga va mexanik ta’sirga qarshi turishga ko’maklashadi. Oddiy qilib aytganda, kollagensiz suyaklarimiz eng kichik bosim yoki zarba ostidayoq sinib ketar edi. Bu ikki moddani bir-biriga bog’lashga lipidlar yordam beradi. Ular kalsiy ionlarini o’ziga tortib, uning kollagen to’riga birikib mahkamlanishiga yordam beradi.
Kalsiy qanday so’riladi va nima uchun u suyaklarda saqlanib qoladi?
Kalsiy qanday so’riladi va bu mineralning suyak to’qimasida to’planib borishiga nima yordam beradi? Bu savollar bizning skelet tizimimiz qanday mexanizmlar bilan shakllanishini tushunish uchun kalit bo’lib xizmat qiladi. Dastlab, kalsiy - har qanday kimyoviy element kabi, o’zining sof shaklida organizm tomonidan so’rilmasligini va shuning uchun ishonchli yordamchilarga muhtoj ekanligini tushunish kerak. Bularga birinchi navbatda, magniy va fosfor kiradi. Ularsiz bu mineral organizmda saqlana olmaydi.
Yog’li kislotalar ham kalsiyning so’rilishida muhim rol o’ynaydi. Biroq, ularning ortiqcha bo’lishi ham nihoyatda zararlidir, zero bu ingichka ichakda so’rilmaydigan kalsiy sovunlari – deb ataladigan balast birikmalarining ishlab chiqilishini qo’zg’atishi mumkin. Va, albatta, kalsiyning asosiy o’tkazgichi bo’lmish – D vitaminini qayd etish joiz, u suyak mineralining so’rilishini 30-40% ga oshiradi.
Shunga qaramay, yuqorida aytilganlarning barchasi va boshqa bir qator moddalar faqat kalsiyning biologik funksiyalarini bajarishga qodir bo’lgan faol shaklga aylanishiga yordam beradi. Qon tomirlarining shoxlanib ketgan tarmog’i orqali bu mineral tananing barcha tizimlariga yetkaziladi va tushunganingizdek, u eng ko’p suyak to’qimasi uchun talab qilinadi. Biroq, kalsiy suyaklar uchun xush ko’rilgan mehmon rolini o’taydi va u mustaqil ravishda osteogenez (suyaklar shakllanishi) jarayonlarida ishtirok eta olmaydi.
Bu huquq yosh suyak hujayralariga, osteoblastlarga tegishli bo’lib, ular o’z navbatida, skeletimiz quruvchisi rolini o’taydi. Umumiy suyak massasida ularning tarkibi ahamiyatsiz ko’rinadi, ammo ular suyaklarni kalsiy bilan to’ldirish uchun javobgar bo’ladi. Qon oqimidan suyak hosil qiluvchi mineralni o’zlashtirib, bu hujayralar uni hujayralararo bo’shliqqa (suyak matritsasi) surib chiqaradi, ya’ni o’zini ichiga qafaslaydi. Ushbu kalsiy sarkofagida osteoblastlar o’sadi va mustahkamlanadi, natijada to’laqonli suyak hujayralariga – osteotsitlarga aylanadi.
Nima uchun kalsiy suyaklardan yuvib chiqariladi?
Agar yuqorida aytib o’tilganidek, u bizning skeletimiz asosi bo’lsa va uning ichida ishonchli tarzda “qafaslangan” bo’lsa, nima uchun kalsiy suyaklardan yuvib chiqiladi? Tabiatning o’zgarmas qonuniga ko’ra, har qanday tirik to’qima muntazam yangilanishga muhtoj, aks holda u eskira boshlaydi va oxir-oqibat halok bo’ladi. Suyaklar ham bundan mustasno emas.
Har bir suyakni shakllantiruvchi hujayraning hayot aylanishi davri atigi 4 oyni tashkil etadi. Osteotsitlar o’lgandan so’ng, ularning asosiy antagonistlari - osteoklastlar o’z ishini boshlaydi. Ularning asosiy vazifasi osteoblastlarning tug’ilishi va keyingi rivojlanishi uchun zarur bo’lgan muhitni tayyorlash uchun eski suyak to’qimasini yo’q qilishdan iboratdir. Bunday holda, osteoklastlar nafaqat o’lik osteotsitlar qoldiqlaridan va balki mineral tuzlarni eritib, kollagen to’rini parchalash orqali suyak matritsasining eskirgan qismlaridan ham foydalanadilar.
Oddiy sharoitda “go’rkov” hujayralar tomonidan bo’shatilgan joy darhol yangi tug’ilgan osteoblastlar bilan ishg’ol qilinadi. Ushbu muvozanatni saqlash suyak tizimi sog’lig’ining kalitidir. Ammo bu tartibli tizim bir kun kelib buzilsa nima bo’ladi? Yangi osteoblastlar ishlab chiqilishining to’xtatilishi, o’lik to’qimalar yo’q qilingandan keyin hosil bo’lgan bo’shliqlarni nima bilan to’ldirish kerakligi muammosi vujudga keladi. Shu tariqa osteoporoz yuzaga keladi, u uchta halokatli kasalliklardan biridir.
Bilganimizdek, suyaklar uchun kalsiy – qurilish materialidan boshqa narsa emas, bu uning o’zi suyak to’qimasida paydo bo’lgan bo’shliqlarni to’ldirishga qodir emasligini anglatadi. Kalsiy suyaklardan nima uchun yuvib chiqariladi savoliga javob ham budir – organizmda uni saqlab qolish va maqsadli ishlatish uchun deyarli hech qanday vosita qolmagan bo’ladi.
BEVERLee kompaniyasining faol marjon kalsiysi - bu yapon marjon kalsiysiga asoslangan minerallardan tashkil topgan sog’lomlashtiruvchi kompleksdir. U 6 oylik muddatga mo’ljallangan bo’lib, uning bir qutisida 6 ta paket bo’lib, har bir paketda 60 ta faol marjon kalsiy tabletkasi mavjud.
BEVERLee kompaniyasining marjon kalsiysi endilikda O’zbekistonda ham mavjud!